10 okt 17:40
Yangiliklar

"Lokomotiv"ning ikki futbolchisi Angliyada o'ynaydi
Tobora professionallik sari intilayotgan “temiryo'lchilar” “klub imiji”ni
shakllantirish asnosida ingliz jamoasi bilan ko'p tomonlama hamkorlik
borasida bitim imzolagan. Natijada “Lokomotiv”ning ikki nafar yosh
istedodli o'yinchilari – darvozabon Rustam Nartadjiev hamda himoyachi
Sergey Proxorov 2015 yilda 3 oy mobaynida “Flitvud Taun” jamoasi
qarorgohida bo'lib, tajriba orttirib qaytishgan edi.
Endilikda
“Lokomotiv”ning navbatdagi delegaciyasi ingliz diyoriga yo'l olmoqda.
“Lokomotiv” jamoasining yosh iqtidorli futbolchilari orasidan tanlab
olingan 17 yoshli o'yinchi Xurmatbek Yo'ldoshev hamda “Flitvud Taun” jamoasi
murabbiylar shtabining iltimosiga ko'ra darvozabon Rustam Nartadjiev yana
bir bor ingliz klubida malaka oshirish imkoniga ega bo'lishadi.
Bugun
ushbu ikki yosh futbolchi klub rasmiylari bilan birgalikda Angliyaga yo'l
olishdi. Ular 3 oy davomida inglizcha tizimda mashg'ulot o'tashadi va “Flitvud
Taun” jamoasi yoshlar tarkibida uchrashuvlarda maydonga tushishadi.
Fikrlar