22 iyu 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko birinchi engil vaznda qolishni afzal bildi
Ukrainalik 28 yoshli bokschi Vasiliy Lomachenko birinchi engil vazn toifasida qolishni o'zi uchun afzal bildi.
U o'tgan hafta ushbu vaznda ilk bor jang o'tkazgan va WBO chempioni puertorikalik 33 yoshli Roman Martinesga nokautga uchratgan edi. Lomachenko o'zining avvalgi vazn toifasida jang o'tkazmaslikka qaror qilgan. Bu malumotni uning promouteri Bob Arum ham tasdiqladi.
Endi ukrainalik bokschiga tegishli yarim engil vazn toifasidagi WBO chempionlik kamari vakant bo'lib qoladi. Uni qo'lga kiritish uchun esa mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschilar – amerikalik Oskar Valdes va argentinalik Matias Rueda o'zaro ringga ko'tarilishadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar