11 fev 12:36
Yangiliklar
Tennis

Londero - Cordoba Open g'olibi, bu uning ilk sovrini!
Argentinalik tennischi Xuan Ignasio Londero bugun Kordovada yakunlangan turnir g'olibiga aylandi.
U hal qiluvchi final uchrashuvida vatandoshi Gvido Pelyudan ustun keldi. Dunyoning 69-raketkasi bo'lib turgan Xuan Ignasio 2 soatu 3 daqiqa davom etgan final bahsida irodali g'alabaga erishdi - 3/6, 7/5, 6/1.
Cordoba Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Londeroga 90 990 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Bugun argentinalik tennischi faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar