21 iyu 11:04
Yangiliklar

London (ATP): Turnir tarixida tarixiy voqea sodir bo'ldi
ATP 500 toifasiga kiruvchi, chim qoplamali, sovrin jamg'armasi 1 596 645 evroni tashkil qiluvchi AEGON Championships turnirining ilk davrasidayoq bir nechta kutilmagan natijalar qayd etildi.
Jumladan, musobaqaning amaldagi g'olibi britaniyalik Endi Marrey avstraliyalik uncha taniqli bo'lmagan Jordan Tompsonga 6:7(4), 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan shveycariyalik Sten Vavrinka ispaniyalik Felichiano Lopesga 6:7(4), 5:7 hisobida yutqazdi. Uchinchi raketka kanadalik Milosh Raonich esa avstraliyalik Tanassi Kokinakisdan 6:7(5), 6:7(8) hisobida engildi.
Musobaqa tarixida ilk bor birinchi davraning o'zida birinchi, ikkinchi va uchinchi raqamli tennischilar mag'lubiyatga uchrab, turnirdagi ishtiroklarini muddatidan avval yakunlashdi.
Fikrlar