28 noy 12:17
Yangiliklar
London Chess Classic 2025. Nodirbek Abdusattorov hind shaxmatchisini mag'lub etdi
Mukofot jamg'armasi 50 000 funt sterlingni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan 10 nafar shaxmatchisi qatori yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Birinchi davrada britaniyalik grossmeyster Gavain Jons bilan durang o'ynagan hamyurtimiz ikkinchi turda g'alabaga erishdi. Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Mishra Abhimanyuni mag'lubiyatga uchratdi.
Birinchi turdagi barcha partiyalar durang natija bilan yakunlangan edi. Ikkinchi turda esa 3 ta juftlikda g'alaba qayd etildi. Greciyalik Nikolas Teodoru va birinchi raqamli ishtirokchi franciyalik Alireza Firuzdja raqiblaridan ustun kelishdi. Turnir jadvalida Firuzdja, Teodoru va Nodirbek 1,5 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Bugun 3-turda Abdusattorov Angliya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik grossmeyster Nikita Vityugovga qarshi dona suradi. Vityugov dastlabki ikki turda durang o'ynagan.

Fikrlar