So’nggi yangiliklar

08:02Сурхондарёда дзюдо бўйича Ўзбекистон Кубоги якунига етди + ФОТО 0 07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0

29 noy 08:14
Yangiliklar

SHaxmat

London Chess Classic 2025. Nodirbek Abdusattorovda chiroyli g'alaba va u endi yakka peshqadam!

Buyuk Britaniyaning London shahridagi Emirates Stadium majmuasida shaxmat bo'yicha London Chess Classic 2025 turniri bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 50 000 funt sterlingni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan 10 nafar shaxmatchisi qatori yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Birinchi davrada britaniyalik grossmeyster Gavain Jons bilan durang o'ynagan hamyurtimiz ketma-ket ikki g'alabaga erishdi. Ikkinchi turda Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Mishra Abhimanyuni mag'lubiyatga uchratgandi. 

Kecha tunda o'tkazilgan uchinchi turda Nodirbek qora donalarda o'ynaganiga qaramay, Angliya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik grossmeyster Nikita Vityugovni chiroyli tarzda taslim etdi. Vityugov dastlabki ikki turda durang o'ynagandi. 

Uchinchi turda shaxmatchimizning asosiy raqiblari ochko yo'qotishdi. Greciyalik Nikolas Teodoru Mishra Abhimanyu bilan, turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi franciyalik Alireza Firuzdja esa angliyalik Maykl Adams bilan durang o'ynadi. Uchinchi turda birgina Abdusattorov g'alabaga erishdi. Bu esa uning turnir jadvalida 2,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib olishini taminladi. Teodoru va Firuzdja hisobida 2 ochkodan bor. 

Bugun London Chess Classic 2025 turnirida 4-tur partiyalari o'ynaladi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda angliyalik grossmeyster Maykl Adamsga qarshi bahs olib boradi. Adams uchta durang evaziga 1,5 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinni band etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing