So’nggi yangiliklar

21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0

01 dek 07:58
Yangiliklar

SHaxmat

London Chess Classic 2025. Nodirbek Abdusattorovda ketma-ket to'rtinchi g'alaba!

Buyuk Britaniyaning London shahridagi Emirates Stadium majmuasida shaxmat bo'yicha London Chess Classic 2025 turniri bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 50 000 funt sterlingni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan 10 nafar shaxmatchisi qatori yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun kurash olib boryapti. Birinchi turda britaniyalik grossmeyster Gavain Jons bilan durang o'ynagan hamyurtimiz ketma-ket to'rtta g'alabaga erishdi. 

Abdusattorov ikkinchi turda oq donalarda hindistonlik Mishra Abhimanyuni, uchinchi turda qora donalarda Angliya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik grossmeyster Nikita Vityugovni, to'rtinchi turda 54 yoshli Buyuk Britaniyalik chempioni Maykl Adamsni mag'lubiyatga uchratgandi. 

Kecha London Chess Classic 2025 turnirining beshinchi turida Nodirbek oq donalarda o'ynadi. Bu safar u 5-tur oldidan turnir jadvalida 3-o'rinda borgan greciyalik Nikolas Teodorouga qarshi bahs olib bordi va raqibini chiroyli tarzda taslim etdi. Bu turda birgina hamyurtimiz g'alabaga erishdi. Qolgan to'rtta partiyada kuchlar teng keldi.   

Ketma-ket to'rtta g'alabadan keyin Abdusattorov turnir jadvalida 4,5 ochko bilan yakka peshqadamlikni mustahkamladi. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Alireza Firuzdja bu turda angliyalik Gavayin Jons bilan durang o'ynadi. Firuzdja 3,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Nikita Vityugov, Lyuk Maksheyn va Nikolas Teodorou hisobida 2,5 ochkodan bor. Bugun Abdusattorov 6-turda amerikalik taniqli grossmeyster Sem SHenklendga qarshi qora donalarda o'ynaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing