So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

30 noy 07:07
Yangiliklar

SHaxmat

London Chess Classic 2025. Nodirbek Abdusattorovda ketma-ket uchinchi g'alaba!

Buyuk Britaniyaning London shahridagi Emirates Stadium majmuasida shaxmat bo'yicha London Chess Classic 2025 turniri bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 50 000 funt sterlingni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan 10 nafar shaxmatchisi qatori yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun kurash olib boryapti. Birinchi davrada britaniyalik grossmeyster Gavain Jons bilan durang o'ynagan hamyurtimiz ketma-ket uchta g'alabaga erishdi. 

Abdusattorov ikkinchi turda oq donalarda hindistonlik Mishra Abhimanyuni, uchinchi turda qora donalarda Angliya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik grossmeyster Nikita Vityugovni chiroyli tarzda taslim etgandi. 

Kecha London Chess Classic 2025 turnirining to'rtinchi turida Nodirbek yana qora donalarda o'ynadi. Bu safar u Buyuk Britaniya chempioni, 54 yoshli tajribali grossmeyster Maykl Adamsni mag'lubiyatga uchratdi. Adams bungacha uchta turda durang natija qayd etib, turnir jadvalida 1,5 ochko bilan 4-o'rinni band etib turgan edi. 

Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Alireza Firuzdja bu turda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. U oq donalalarda ukrainalik grossmeyster Pavel Elyanovdan ustun keldi. Greciyalik Nikolas Teodoru esa Nikita Vityugov bilan murosaga keldi. Bugun Abdusattorov 5-turda aynan Teodoruga qarshi oq donalarda o'ynaydi. 

Bugungi beshinchi tur oldidan Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Firuzdja 3 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Teodoru 2,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing