So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

03 dek 07:28
Yangiliklar

SHaxmat

London Chess Classic 2025. Qoch, Nodirbek kelyapti. Abdusattorovda ketma-ket oltinchi g'alaba!

Buyuk Britaniyaning London shahridagi Emirates Stadium majmuasida shaxmat bo'yicha London Chess Classic 2025 turniri bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 50 000 funt sterlingni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan 10 nafar shaxmatchisi qatori yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Birinchi turda britaniyalik grossmeyster Gavayin Jons bilan durang o'ynagan hamyurtimiz ketma-ket oltita g'alabaga erishdi. 

Abdusattorov ikkinchi turda oq donalarda AQSH sharafini himoya qilayotgan hindistonlik Mishra Abhimanyuni, uchinchi turda qora donalarda Angliya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik grossmeyster Nikita Vityugovni, to'rtinchi turda 54 yoshli Buyuk Britaniyalik chempioni Maykl Adamsni, beshinchi turda qora donalarda AQSH chempioni Sem SHenklendni mag'lubiyatga uchratgandi. 

Kecha tunda o'tkazilgan 7-turda Abdusattorov oq donalarda angliyalik grossmeyster Lyuk Maksheynni taslim etdi. Ketma-ket oltita g'alabadan keyin Nodirbek turnir jadvalida 6,5 ochko bilan yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ettinchi turda faqat hamyurtimiz g'alaba qozondi, qolgan barcha partiyalar durang natija bilan yakunlandi. 

Abdusattorov eng yaqin taqibchisi turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Alireza Firuzdjani endi 2 ochkoga ortda qoldirmoqda va qizig'i, ertaga 8-turda ular o'zaro to'qnash kelishadi. Kamida durang natija Nodirbek Abdusattorovni muddatidan avval London Chess Classic 2025 chempioniga aylantiradi. 

Bugun London Chess Classic 2025 turnirida dam olish kuni sifatida elon qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing