07 dek 12:06
Yangiliklar
London Chess Classic. Abdusattorov rapid musobaqasining ilk kuni 5 ta partiyadan 4 tasini yutdi
Musobaqaning birinchi kuni ishtirokchilar 5 ta turda hisob-kitob qilishdi. London Chess Classic turnirida chempion bo'lgan Nodirbek Abdusattorov rapid bahslarining ilk kuni 5 ta uchrashuvdan 4 tasida g'alaba qozondi. Ketma-ket angliyalik Beni Sisupalan, ukrainalik Maksim Larchikov, niderlandiyaliklar Tim Grutter, Elin Rubers mag'lub etildi. Beshinchi turda esa hamyurtimiz ukrainalik grossmeyster Pavel Elyanovga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugun turnirda yana 5 ta tur partiyalari o'ynaladi. Hozircha Nodirbek 5 imkoniyatdan 4 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 23-pog'onadan joy olgan. Amerikalik Lener Dominges Perez, ukrainalik Pavel Elyanov va yana bir AQSH vakili Sem SHanklend yuz foizlik ko'rsatkich, yani 5 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. O'n bir nafar shaxmatchi hisobida 4,5 ochkodan bor.

Fikrlar