14 sen 08:56
        Yangiliklar	
	
				
				    Suv sporti turlari			    
				
				
			
				Londondan xushxabar davom etadi
Buyuk Britaniyaning London shahrida davom etayotgan para-suzish bo'yicha jahon chempionati sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechmoqda.
			Musobaqaning navbatdagi kunida terma jamoamiz hisobiga yana bir medal yozib qo'yildi.
100 metrga brass usulida suzish bo'yicha kechgan bellashuvda hamyurtimiz Firdavsbek Musabekov ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Bu bilan terma jamoamizning mazkur musobaqada qo'lga kiritgan medallari soni 4 taga etdi. Bungacha vakillarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga egalik qilishgan edi.
Dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etayotgan ushbu turnirda hozircha O'zbekiston terma jamoasi 4 ta medal bilan umumjamoa hisobida hozircha 23-o'rinni egallab turibdi.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar