So’nggi yangiliklar

20:47Токиода икки чемпион ўртасида бирлаштирувчи дерби жанги бўлиб ўтди 0 19:18Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин 0 18:40Мозес Итаума Диллиан Уайт билан жанг ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 18:07Боб Арум: "Кўпчилик у Иноуэни мағлуб этишига ишоняпти" 0 17:38Жаҳонгир Жумаев ва Суҳроббек Атажанов UAE Warriors 60 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:03ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди? 0 16:32Рамазон Темиров Таиландда Холмурод Нурматов билан бирга шуғулланяпти (ФОТО) 0 15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0 14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0

05 iyu 14:41
Yangiliklar

Boshqalar, SHaxmat

Lu SHangley – blicda Osiyo chempioni, Qosimjonov 10-o'rinda

Xitoylik xalqaro grossmeyster Lu SHangley poytaxtimizdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida o'z tarixida 15-marotaba tashkil etilgan shaxmat bo'yicha Osiyo chempionatining blic yo'nalishi g'olibiga aylandi.

SHangley 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu Osiyo chempionatining birinchi raqamli shaxmatchisi bo'lgan vetnamlik Le Kuang Liem 7 ochko bilan kumush medalni qo'lga kiritdi. Hindistonlik Lalit Babu ham 7 ochko jamg'ardi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra bronza medali bilan taqdirlandi.

Hamyurtimiz xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov ham sovridorlar safidan joy olishi mumkin edi. Lekin yosh shaxmatchimiz so'nggi turda oq donalarda harakat qilganiga qaramay, xitoylik grossmeyster Ven Yangga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yakunda 6,5 ochko bilan qolgan Jahongir qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 8-o'rinni band etdi.

Hamyurtimiz 17-jahon chempioni, Osiyo chempionatining ikkinchi raqamli ishtirokchisi Rustam Qosimjonov esa 6,5 ochko bilan 10-pog'onadan joy oldi. Malumot uchun, hindistonlik xalqaro grossmeyster Setturaman klassik yo'nalishda Osiyo chempioni bo'lgan edi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing