30 apr 16:16
Yangiliklar
Futbol

Luis Enrike "Barselona"ni chempion bo'lishga va Ispaniya kubogini yutishga haqli deb hisoblaydi
Barselona ustozi Luis Enrike Espanolga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Balki u qadar yaxshi o'ynay olmagandirmiz, ammo Espanolni charchata oldik. Ikkinchi taymda Espanol xato qila boshladi.
Oldimizda ikkita vazifa bor – primero va Kubokni yutish, ikkala musobaqada g'olib bo'lishga bor kuchimizni beramiz, bunga haqlimiz, – deydi Enrike.
Barselona 35ta turdan so'ng La Ligada Real bilan birga birinchi o'rinda bormoqda. Madrid klubi hisobida zaxirada bitta o'yin bor.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar