17 avg 14:00
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/81253_220.jpg)
Luis Suares tibbiy ko'rikdan o'tdi
"Barselona" hujumchisi Luis Suares tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Bu haqda "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
O'yinchi kecha "Atletik"ga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgan edi.
Malum bo'lishicha, urugvaylik futbolchining o'ng oyoq pastki qismi jarohatlangan. Futbolchining tiklanish vaqti haqida malumot berilmagan.
Eslatib o'tamiz, kecha La Liganing ochilish uchrashuvida "Atletik" "Barselona"ni mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar