15 mar 10:40
Yangiliklar
Futbol

Luis Suaresning qachon maydonga qaytishi haqida xabar berildi
“Barselona” hujumchisi Luis Suares tizzasidan olgan jarohati muddatidan ancha oldin bitmoqda.
Urugvaylik hujumchi aprel oyi oxirida safga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda AS.
Yanvar oyida hujumchi jarrohlik stoliga yotqizilgandi. O'shanda “Barselona” futbolchisi to'rt oy maydonga tusholmasligi haqida aytilgandi. Fevral oyida 33 yoshli urugvaylik hujumchi qo'ltiqtayoqsiz harakat qila boshladi va ECHL yarim final bellashuviga qadar safga qaytishi mo'ljallanayotgandi.
Joriy mavsumda Suares La Ligada 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golga hammualliflik qildi.
Havola :
Fikrlar