11 fev 19:44
Yangiliklar
Dzyudo
Lutfullaev “Katta Dubulg'a” turniri oltin medali uchun tatamiga chiqadi
Xabar berganimizdek, bugun Franciyaning Parij shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning dastlabki nufuzli turniri boshlandi.
Ushbu musobaqada O'zbekiston dzyudo terma jamoasining to'qqiz nafar azosi ham ham ishtirok etyapti. Bugun erkaklar o'rtasida -60, -66 hamda -73 kg vazn toifalarida bahslar o'tkazilmoqda.
Hamyurtlarimizdan -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqayotgan SHarofiddin Lutfullaev finalga yo'llanma oldi. Dzyudochimiz final chiptasi uchun bahsda koreyalik CHan Yong Kimni mag'lubiyatga uchratdi.
SHarofiddin yarim finalga qadar slovakiyalik Matyaj Trbovk, rossiyalik Robert Mshvidobadze, braziliyalik Erik Takabatakedan ustun kelgandi. Uning oltin medal uchun bahsdagi raqibi yaponiyalik Naoxisa Takato bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar