25 iyu 17:08
Yangiliklar
Lutfullaev va Sobirov Budapesht Gran-Prisida yarim finalga chiqishdi
Dunyoning ellikdan ziyod davlati vakillari ishtirokida o'tayotgan mazkur musobaqada Vatanimiz sport sharafini 7 nafar kurashchimiz himoya qilyapti. Bugun tatamiga chiqayotgan dzyudochilarimizdan ikki nafari yarim finalga yo'l olishdi va kechki dasturda medallar uchun tatamiga chiqishadi.
-60 kg vazn toifasidagi polvonimiz SHarofiddin Lutfullaev kuchlilar jam bo'lgan “A” guruhida vengriyalik Ferensh SHcizovski, franciyalik Vinsent Mankuestni mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.
Olimpiya o'yinlarining ikki karra bronza medal sohibi Rishod Sobirov esa “A” guruhida moldovalik Denis Vieru hamda vengriyalik Benche Zamboridan ustun keldi.
-73 kg vazndagi vakilimiz G'iyosjon Boboev esa ilk uchrashuvidayoq ruminiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Xotin-qiz dzyudochilarning -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova birinchi davrada amerikalik Anjelika Delgadoga yutqazib qo'ydi.
Fikrlar