So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

12 jan 20:43
Yangiliklar

Futbol

Lyubinko Drulovich: “Bugun 3 ochko olishga majbur edik”

Qo'lga kiritilgan ajoyib g'alabadan so'ng matbuot-anjumaniga terma jamoamiz murabbiyi Lyubinko Drulovich tashrif buyurib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berib o'tdi.

“O'yinda gol urishimiz oson bo'lmadi. Uchrashuvning birinchi qismini ancha yaxshi o'tkazdik. Bunda ko'plab golga tortadigan vaziyatlar yaratdik va taym oxirida gol urdik. Birinchi bo'limda Oybek Bozorovning harakati menga ko'proq yoqdi”, – deya o'z taassurotlarini haqida o'rtoqlashdi Lyubinko Drulovich.

– Bugungi o'yin uchun rahmat. Nimaning hisobiga bugun chiroyli o'yin ko'rsata oldik? Eronga qarshi o'yindan so'ng futbolchilarni qanday tayyorladingiz?
– Futbol emociyalar o'yini. Eron bilan uchrashuvda 1 ochko qo'lga kirita olgandik xolos. SHu bois ham bugun 3 ochko olishga majbur edik. Futbolchilarning harakatidan qoniqdim. Endi Janubiy Koreya jamoasiga qarshi o'yin kutib turibdi. Ular ancha tezkor ekanligini bilamiz. Bugungdan etiborimizni ana shu bahsga qaratamiz.

– Musobaqa davomida kiritayotgan gollaringizning aksariyati penaltidan bo'lmoqda. Tayyorgarlik davomida shu jihatlarda ko'proq ishlanganmidi?
– To'g'ri, bu endigina ikkinchi o'yinimiz. Qolgan bahslarda o'yinning o'zidan ham gol urishga harakat qilamiz. Bugun ham penaltidan bir marta gol urdik, qolaversa, raqib darvozabonining mahorati evaziga bir marotaba foydalana olmadik ham. Keyin o'yin davomida to'p nazoratini ko'proq ushlab turdik va bu bizga foyda berdi.

– Tarkibdagi o'zgarishlar tahlili. To'xtasinov va Bozorovning o'zgartirilishi oldindan rejalashtirilganmidi?
– Nurilloh birinchi o'yinda asosiy tarkibda harakat qilgan edi. Lekin bugungi bahsga Bozorovni tanladim Boisi unda jismoniy kuch ko'proq edi. Qolaversa, himoyadan hujumga o'tishda u ko'proq foyda berdi. Yakunda rejalarimiz o'zini oqladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing