02 may 11:35
Yangiliklar
Tennis
Lyusi SHafarjova raketkasini mixga ildi
CHexiyalik Lyusi SHafarjova professional tennischilik faoliyatini rasman yakunladi.
Kecha u faoliyatidagi so'nggi rasmiy uchrashuvini o'tkazdi. Lyusi o'z vatani Pragada o'tayotgan turnirning juftlik bahsida hamyurti Barbora SHtefkova bilan birga kortga chiqdi va afsuski, yaponiyalik Makoto Ninomi hamda rossiyalik Yana Sizikovaga 4/6, 6/4, 11:13 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Malumot uchun, Lyusi SHafarjova professional tennisdagi faoliyatini 2002 yilda boshlagan. U 17 yil davomida jami 448 ta rasmiy uchrashuvda kortga chiqqan. SHafarjova 7 ta yakkalik, 15 ta juftlik bahslarida bosh sovringa ega chiqqan. Faoliyati mobaynida 12 million 624 268 AQSH dollari ishlab topgan.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar