So’nggi yangiliklar

21:18Геннадий Головкин "жангсиз" World Boxing президенти бўлди 0 19:07Левченко Ўзбекистон чемпионлигини қўлга киритган 21-мураббий бўлди 0 18:44Формула-1. Макс Ферстаппен Лас-Вегас Гран-приси ғолиблигини қўлга киритди 0 18:20Шуҳрат Салаев Бангкок Гран-при Челленжи ғолибига айланди 0 17:56Тагир Уланбеков Ҳоригучига қарши мағлубиятдан сўнг илк бор пост қолдирди 0 17:28Расман: АҚШ ЖЧ иштирокчиси ҳисобланган давлат ишқибозларини мамлакатга киритмайди 0 17:00Гусковга ютқазган Никита Крилов UFC 324 турнирида жанг қилади 0 16:38Жавоҳир Синдаров Жаҳон кубоги финалига йўл олиш билан бирга Номзодлар турнири иштирокчисига айланди 0 16:02Царукян: "Сешанба куни UFC'дан анонс кутаман" 0 15:37Аёллар Осиё Чемпионлар Лигаси. "Насаф" сафарда "Ист Бенгал" жамоасини йирик ҳисобда таслим этди 0 15:13Ар-Риёдда Ring IV: Night of the Champions бокс оқшоми ўтказилди 0 14:48Ёш гандболчиларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланма олишди 0 14:25Разамбек Жамалов Арман Царукянни ғалаба билан табриклади (ФОТО) 0 13:58Суперлига охирги тур учрашувлари бошланиш вақти маълум 0 13:34Билол Муҳаммад Иан Гэрридан учралган мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0

16 dek 07:25
Yangiliklar

Futbol

"M-150 Cup". O'zbekiston finalda Yaponiyani engib, chempion bo'ldi!

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo'lib o'tgan M-150 Cup musobaqasi finalida Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Uchrashuv ancha qiziqarli ruhda o'tdi. Avvaliga Zabihillo O'rinboev 43-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Ammo birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan vaqtda yaponiyaliklar standart vaziyatdan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'lim teng kurashlar bilan boshlandi. Zabihillo O'rinboev 73-daqiqada yana bir bor mahoratini namoyish qildi va Doniyor Narzullaevning ajoyib uzatmasidan so'ng ikkinchi golini kiritdi.



Ammo o'yin tugashiga oz fursat qolganda Yaponiya yoshlari yana standart vaziyatdan foydalanishdi, bu safar burchak to'pidan so'ng hisob tenglashdi. O'yindan so'ng o'tkazilgan penaltilar seriyasida hamyurtlarimizning qo'li baland keldi - 6:5.

M-150 Cup. FINAL

O'zbekiston U-23 - Yaponiya U-23 - 2:2.

Gollar: Zabihillo O'rinboev 45, Zabihillo O'rinboev 73 – Yuta Kamiya 45+2, Yuta Kamiya 88

O'zbekiston U-23: Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Rustam Ashurmatov, Doniyor Narzullaev, Javohir Siddiqov, Odil Hamrobekov, Hojiakbar Alijonov, Azizjon G'aniev, Bobir Abduholiqov, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O'rinboev (s)

Yaponiya U-23: Povell Obinna, Yugo Tatsuta, Xonoya Syouji, Itsuki Urata, Yoichi Naganuma, Yuta Kamiya (s) , Reo Xatate, Taiki Xirato, Kaoru Mitoma, SHion Inoue, Ayase Ueda.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing