10 dek 06:34
Yangiliklar

Madridda Libertadores Kubogi-2018 g'olibi aniqlandi
Finalning ikkinchi uchrashuvida Argentinaning "River Pleyt" va "Boka Xuniors" jamoalari 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Qo'shimcha bo'limlarda bir kishi ko'p bo'lib harakat qilgan "River Pleyt" hisobda oldinga chiqib oldi. "Boka"ning yana bir futbolchisi - Gago jarohat sabab maydonni tark etdi.
O'yinni to'qqiz futbolchi bilan yakunlagan "Boka Xuniors" 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. "River Pleyt" to'rtinchi bor Libertadores kubogi sohibiga aylandi. Bu jamoalarning ilk o'yinida 2:2 hisobi qayd etilgan edi. Libertadores Kubogida safarda kiritilgan gollar inobatga olinmaydi.
River Pleyt Argentina – Boka Xuniors Argentina 3:1 (0:1, 1:0, 0:0)
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar: 0:1 – 44 Benedetto, 1:1 – 68 Pratto, 2:1 – 109 Kintero, 3:1 – 120+2 Martines.
River Pleyt – Armani, Maydana, Kasko, Montiel (Mayyada, 74), Pinola, Peres, Ponsio (Kintero, 58), Palasios (Alvares, 97), Fernandes (Sukulini, 111), Martines, Pratto.
Boka Xuniors – Andrada, Magalyan, Iskerdos, Olasa, Buffarini (Teves, 111), Nandes, Barrios, Peres (Gago, 89), Pavon, Vilya (Xara, 96), Benedetto (Abila, 62).
Ogohlantirishlar: Ponsio (27), Peres (43), Fernandes (81), Maydana (83), Barrios (87), Teves (120), Kasko (120).
CHetlatish: Barrios (92).
Fikrlar