01 fev 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Madrimovning vaznidagi rossiyalik chempion kamaridan mahrum bo'ldi
Britaniyaning Nyukasl shahrida katta professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Turnirning asosiy jangi rossiyalik Baxram Murtazaliev hamda angliyalik Josh Kelli o'rtasida IBF talqini bo'yicha birinchi o'rta vaznda jahon chempionligi uchun bo'lib o'tdi.
Jang to'liq 12 raund davom etdi va hakamlar qaroriga ko'ra Josh Kelli g'alaba qozondi — 113-113, 115-111, 114-113. Bu Baxram uchun ilk himoya jangi edi.
Kelli tayming va tezlik borasida ustunlik qildi va butun jang davomida rossiyalikka o'z uslubida ishlash imkonini bermadi. SHuningdek, uchinchi raundda Kelli Murtazalievni nokdaunga tushirdi. To'qqizinchi raundda esa Josh nokdaun holatiga tushib qoldi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar