08 iyu 08:42
Yangiliklar
Mag'lubiyat va murosasiz Muhammad Mokaev Iliya Topuriya Ligasida jang o'tkazdi
Oqshom doirasida mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan asli dog'istonlik, hozirda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan 25 yoshli Muhammad Mokaev Way of Warrior FC ligasida debyut qildi. Ushbu liganing egalaridan biri UFC chempioni Iliya Topuriya hisoblanadi.
Ushbu to'qnashuv WOW 31 turnirining co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi edi. Mokaev kosta-rikalik raqibi Xorxe Kalvoni 42 soniyadayoq mag'lubiyatga uchratdi. Muhammad Xorxeni parterga tushirdi va ketma-ket qo'l, tirsak zarbalari evaziga g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, Mokaev 2024 yilning yozida kutilmaganda UFC promoushenidan haydalgandi. O'shandan beri u 4 ta jang o'tkazdi va barchasida zafar quchdi. Bu bilan uning professional MMAdagi rekordi 17-0`ga etdi.

Fikrlar