So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

25 iyu 08:43
Yangiliklar

SHaxmat

Magnus Karlsen 14 yoshli Nodirbekni etirof etdi!

Dunyoning eng yosh grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov Bile (SHveycariya) shahrida o'tkazilayotgan xalqaro musobaqaning rapid-turnirida sovrindor bo'ldi!

Xabar berganimizdek, Abdusattorov Biledagi ishtirokini bir vaqtning o'zida 16 yoshgacha bo'lgan 16 nafar shaxmatchiga seans berish bilan boshlagan edi. Nodirbek 16 partiyaning 15tasida g'alaba qozongan va faqat bittasida durang natija qayd etgandi. O'n to'rt yoshli hamyurtimizning bu master-klassi, yani mahorat sabog'i jahon chempioni Magnus Karslenning etirofiga sazovor bo'ldi. Karlsen mahalliy televideniyaga bergan intervyusida 13 yoshida dunyoning eng yosh ikkinchi grossmeysteriga aylangan Nodirbekni alohida tilga olgan. 

Ana shunday “aqliy hujum”dan so'ng hamyurtimiz nufuzli Swiss Rapid Chess Championship musobaqasida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etdi. SHveycarcha tizimda 9 turdan iborat baxslarda Abdusattorov 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra to'rtinchi o'rinni egalladi. Eng yaxshi natijaga 8 ochko to'plagan rossiyalik Mixail Antipov (Rossiya, 2621) erishdi. Musobaqada 2-3 o'rinlarni 7,5tadan ochko jamg'argan grossmeysterlar - Aravindx CHitambaram (Hindiston, 2597) va Aleksandr Donchenko (Germaniya, 2577) band etishdi. 

Nodirbek tezkor shaxmat musobaqasidan so'ng standart shaxmat bahslarida ham ishtirok etdi. Bileda o'tayotgan xalqaro festivalning Master Tournament musobaqasida 31 davlatdan kelgan 117 shaxmatchi o'z mahoratini namoyish etyapti. Ular orasida jahon chempioni Magnus Karlsen boshchiligidagi 6 nafar super grossmeysterlar ham bor. Nodirbek  Abdusattorov (2534 standart bo'yicha reytingi) turnirda 23-raqam ostida tasniflangan bo'lib, ilk turda shveycariyalik shaxmatchini mag'lub etdi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing