31 dek 10:41
Yangiliklar
SHaxmat
Magnus Karlsen - blic yo'nalishda jahon chempioni!
Klassik shaxmat bo'yicha amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen blic yo'nalishida ham jahon chempioniga aylandi.
Karlsen Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida yakunlangan jahon chempionatining blic yo'nalishidagi bahslarda 21 imkoniyatdan 16 ochko jamg'arib, dunyoning eng kuchli shaxmatchisiga aylandi.
G'olibdan 1,5 ochkoga ortda qolib ketgan rossiyalik Sergey Karyakin kumush medalni qo'lga kiritdi. SHuncha ochko jamg'argan hindistonlik Vishvanatan Anand qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra uchinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar