31 dek 11:34
Yangiliklar
Magnus Karlsen blic yo'nalishida jahon chempioni! Biznikilar nechanchi bo'lishdi?
Umumiy mukofot jamg'armasi 1 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi jahon chempionatining blic yo'nalishida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen kuchli ekanligini yana bir bor isbotladi.
Norvegiyalik shaxmat yulduzi 21 imkoniyatdan 17 ochko jamg'arib, jahon chempioniga aylandi. Ikkinchi o'rinni 16,5 ochko bilan polshalik Yan-Kshishtof Duda egalladi. Amerikalik Xikaru Nakamura 14,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.
Jahon chempionatida ishtirok etgan yosh shaxmatchilarimizdan SHamsiddin Vohidov va Nodirbek Abdusattorov 11 ochko jamg'ardi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra SHamsiddin 77, Nodirbek esa 81-o'rinni egalladi. Nodirbek Yokubboev esa 9 ochko bilan eng so'nggi 150-o'rinni band etdi.
Eslatib o'tamiz, SHamsiddin Vohidov rapid, yani tezkor shaxmatda qora donalarda o'ynashiga qaramay, jahon chempioni Magnus Karlsenni mag'lubiyatga uchratib, yaxshigina shov-shuvga sababchi bo'lgan edi.
Fikrlar