16 avg 16:22
Yangiliklar
Magnus Karlsen chempion bo'lgan EWC 2026 turnirida Nodirbek nechanchi o'rinni egalladi va qancha mukofot pulini qo'lga kiritdi?
Musobaqada grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi. Hamyurtimiz EWC 2026 bahslarini kuchli sakkiztalikda yakunladi. Abdusattorov A guruhida ketma-ket 4 ta uchrashuvda g'alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan to'g'ridan-to'g'ri pley-off bosqichiga yo'l olgandi.
CHorak finalda u belaruslik Denis Lazavikka qarshi dona surdi. Barcha 4 ta asosiy partiya durang (2-2) natija bilan yakun topdi. Hal qiluvchi Armageddon partiyasidagi g'alaba esa raqibga yarim final yo'llanmasini taqdim etdi (umumiy hisob: 3-2). Armageddonda qora donada o'ynagani uchun Abdusattorovni durang ham qoniqtirardi, ammo yakundagi qo'pol xato mag'lubiyatga aylanib ketdi.
SHu tariqa, grossmeysterimiz nufuzli turnir Top-8`talikda yakunladi va 75 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqdi. Nodirbekni qiyinchilik bilan mag'lub etgan Lazavik 1/2 finalda amerikalik Hikaru Nakamuradan ustun keldi. Finalda esa norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga yutqazdi.
Magnus Karlsen bosh sovrin bilan birga 250 000 dollar mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin sohibi Denis Lazovik 190 000, 3-o'rin uchun kechgan bahsda franciyalik Alireza Firuzdjani yutgan Hikaru Nakamura 145 000 dollarga boyib oldi. Alireza bankdagi hisob raqamini 100 000 dollarga boyitdi.



Fikrlar