15 apr 08:13
Yangiliklar

Magnus Karlsen chempion bo'lgan Freestyle Chess Grand Slam Paris turnirida Nodirbek Abdusattorov nechanchi o'rinni egalladi?
Unda ishtirok etgan o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yakunda musobaqada sakkizinchi o'rinni band etdi. Hamyurtimiz 7-o'rin uchun o'yinda rossiyalik Yan Nepomnyashiyga har ikki partiyada ham imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Qayd etish joiz, Nodirbekning turnirda ishtirok etishi musobaqa startidan atigi bir kun oldin malum bo'lgandi. Abdusattorov Parijdagi turnir orqali 20 ming AQSH dollari ishlab oldi.
Musobaqa bosh sovrini hamda 200 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli kutilganidek norvegiyalik Magnus Karlsenga nasib qildi. Magnus hal qiluvchi final bahsida amerikalik Hikaru Nakamurani 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Amerikalik Fabio Karuana uchinchi o'rinni band etdi.
Fikrlar