01 dek 07:49
Yangiliklar
SHaxmat
Magnus Karlsen jahon chempionlik tojini o'zida saqlab qoldi
AQSHning Nyu-York shahrida shaxmat bo'yicha jahon toji uchun sovrin jamg'armasi 1 mln dollarni tashkil qiluvchi match o'z yakuniga etdi.
Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen davogar grossmeyster, rossiyalik Sergey Karyakin bilan hal qiluvchi tay-brekda dona surishdi.
Tay-brek oldidan tomonlar 6:6 hisobidagi durang natija qayd etib turishgandi. Tay-brekning dastlabki ikki partiyasida ham g'olib aniqlanmadi.
Uchinchi va to'rtinchi partiyalarda g'alaba qozongan Karlsen matchni o'z foydasiga hal qilish barobarida jahon chempionlik tojini ham o'zida saqlab qoldi.
JAHON CHEMPIONLIGI UCHUN MATCH
Nyu-York, AQSH.
Tay-breyk
Sergey Karyakin (Rossiya) – Magnus Karlsen (Norvegiya) – 0,5:0,5; 0,5:0,5; 0:1; 0:1
Yakuniy hisob– 6:6 (“klassika”), 1:3 (tay-breyk, rapid)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar