28 apr 12:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaevning keyingi raqibi kim bo'lishi malum
Yarim og'ir vazn toifasida rossiyalik UFC sobiq chempioni Magomed Ankalaevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Liga reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Magomed 25 iyul kuni tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida AQSH vakili Xalil Rauntri bilan to'qnash keladi. Rauntri ayni damda yarim og'ir vaznda UFC reytingida beshinchi o'rinni band etib turibdi.
Magomed faoliyati davomida 24 ta jang o'tkazib, 21 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U oxirgi jangida braziliyalik Aleks Pereyraga imkoniyatni boy berib, chempionlik kamaridan ayrilgan edi.
36 yashar Xalil Rauntri esa so'nggi jangida chexiyalik sobiq chempion Irji Proxazkaga mag'lub bo'lgani yodimizda. Uning hisobida jami 14 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : Main Card
Fikrlar