20 avg 15:08
Yangiliklar
Magomed Ibragimov: "Ikkimizning ham taqdirimiz deyarli bir xil..."
Assakalov Parij-2024 Olimpiadasida bronza medali uchun kechgan bellashuvda jarohat sabab imkoniyatni boy berib, 40 yoshida faoliyatini yakunlagan edi.
Ibragimov buni quyidagicha izohladi:
"Rustam bilan taqdirimiz deyarli bir xil, ikkalamiz ham yo'qdan nimadir bor qildik", deb yozdi Magomed Ibragimov.
Malumot uchun, Rustam Assakalov O'zbekiston terma jamosi safida jahon chempionatining ikki karra sovrindori (Las-Vegas-2015 kumush, Nur-Sulton-2019 bronza) bo'lgan. Osiyo o'yinlarida uch marotaba g'olib va sovrindorga aylangan. SHuningdek, uch karra Osiyo chempioni va to'rt karra sovrindoriga aylanishga ulgurgan. Boku-2017 va Konya-2021 Islom birdamlik o'yinlarida bronza va oltin medallarini qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar