So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

25 mar 18:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Magomed Kurbanov Isroil Madrimov bilan jang, faoliyati, Tim Czyu va oilasi haqida gapirdi (Intervyu)

Xabaringiz bor, yaqinda professional bokschimiz Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi jangda g'alaba qozonib, WBA kamarini qo'lga kiritgan edi.

Ushbu jangdan ko'p o'tmay, championat.com sayti Kurbanov bilan katta intervyu tashkil qildi. Bugun biz sizga ushbu suhbatdan qiziqarli va muhim qismlarini tarjima qildik. 

- Magomed ushbu jang sizning xorijdagi ilk jangingiz edi. Bilamizki, uydan uzoqda jang qilishni uncha xushlamaysiz. Saudiyadagi turnirlar qanday tashkil qilinyapti? 

- Bu savolni menga tez-tez berishadi. Ko'pchilik hatto o'zimga ham yozdi. To'g'risini aytsam, uydan uzoqda jang qilish hech qanday bosim yuklamadi. Jahon chempionligi uchun kurashayotganingizda qaerda urushishingiz muhim emas. Kamar butun dunyoga tegishli hisoblanadi. Saudiyaliklar meni qo'llab-quvvatlashdi, men ham, shu bilan birga Madrimovni ham shunday qo'llashdi. Tashkilotchilarning munosabati ikkimizga ham bir xil bo'ldi. 

– Saudiya Arbistoni sizga yoqdimi? U erda biror joyga borishga ulgurdingizmi? 

– Saudiya ajoyib mamlakat! Biz asosan yopiq hududda edik, biroq u erlar ham yaxshi joylar. Albatta men ovqatlanishda va juda ko'plab narsalarda cheklangan edim, ammo tabiat va go'zallikdan, ayniqsa, quyoshdan bahramand bo'lishga muvaffaq bo'ldim. Zalda bo'lsa jahon boksining muhiti sezildi. Jangdan keyin arenaga qaytmadim, chunki erta tongdan qaytib ketishimiz kerak edi. SHuning uchun biroz uxlab oldim. Tashkilotchilik yuqori saviyada bo'ldi. 

– Kelasi safar tatilga chiqsangiz Saudiyaga borishni istaysizmi? 

– Ha, 100 %. Oilangiz bilan borishga juda zo'r joy. 

– Keling, jangga qaytaylik. Jangni butun mamlakat tomosha qildi. Dangal aytadigan bo'lsak, Magomed o'zini ringda to'liq ko'rsata olishi qiyin masala edi. Mag'lubiyatga izoh bera olasizmi? 

– Rostini aytsam, bu savolga javobim yo'q. Qo'ldan kelganicha jangga tayyorgarlik ko'rdik. Albatta, mashg'ulotlarda o'ziga yarasha qiyinchiliklar bo'ldi. Jang davomida elkam og'rib turdi. Hozir umuman kuchim yo'q. Biroq bu tarixiy jang bo'lgani uchun barchasiga rozi bo'ldim. Bahs payti qo'limda umuman kuch qolmadi. Jangdan bir necha kun oldin bahs bekor qilingani aytildi. O'ylab qoldim, bunday bo'lishi mumkin emas! Menga jahon chempionligi uchun kurashish nasib etmasa va keyin bir necha kun o'tgach, jang bo'lishi tasdiqlandi. Ushbu tushunarsiz qarorlardan qattiq xafa bo'ldim. 

– Jangni tahlil qildingizmi? Yoki dam olmoqchimisiz? 

– Hozir faqat dam olaman. Qachon mashg'ulotlarga qaytishim haqida biror narsa deya olmayman. 

– Dueldan keyin German Titov bahsni tahlil qildi. Aytingchi, faoliyatingizni tugatish haqida o'ylayapsizmi?

– Bu biznesni davom ettirish kerakmi? Bu nafaqat mening hayotim, balki oilam, bolalarim, ularning ham hayoti hisoblanadi. Uzoq vaqt uydan uzoqda bo'ldim, doim oilam haqida o'yladim. Mudom qo'ng'iroqlashib turdim. 

–  Boksdagi tanaffus qancha davom etishi mumkin? 

–  Qachon qaytishimni aniq ayta olmayman. Ammo qaytib kelsam, Soroga bergan vadamni bajarishim kerak. Madrimov bilan jang natijasi qanday bo'lishidan qatiiy nazar, revansh jangi bo'ladi, deb so'z berganman. Demak shuni ayta olamanki, Soroga qarshi revansh, albatta, bo'ladi. 

–  Mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?

–  Jangdan sanoqli kunlar o'tdi. Men uchun bunday narsani gapirish qiyin. 8-9 yil avval professional faoliyatimni boshlaganimda, har kim yutqazishi mumkinligini bilardim. Bu hodisa ancha yillardan keyin o'zimda kuzatildi. Bir kun kelib, engilishimni sezardim va bu holat sodir bo'ldi. Bu hayotning, sportning bir qismidir. Bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. Murosaga kelisha olmaydigan yagona narsam bu – jarohatlarim.

– Uyga qaytganingizdan keyin oila azolaringiz qanday kutib olishdi? Noqulay savollar berilmadimi?

– Hozircha faqat ikkita o'g'lim menga savol berdi. Men ularga bu hayotning bir qismi ekanligini tushuntirdim. Ular bilan o'zim gaplashib, g'alaba qozonish har doim ham mumkin emasligini aytdim. Ha, men doim zafar quchishni istayman, biroq mening aytganim bo'lmaydi. Umuman olganda, hammasi yaxshi. 

– Oilangiz qaytib kelganingizdan xursandmi? 

– Ular qaytganimdan juda xursand. Ko'rishganimizda baqirib yuborishdi. Quchog'imga otilib kelishdi. 

– Hozir oilangiz bilan o'zingizni qanday his qilyapsiz?

– Oilam bilan darhol chalg'idim. Aynan ular sababli mag'lubiyatni tezroq unutishim osonlashdi. Kim nima deyishi muhim emas. Farzandlarim, mana mening 4 ta unvonim! Bu mening chempionatim, qolgan barcha narsa ikkinchi darajali. 

– Mavzudan biroz uzoqlashadigan bo'lsak, Terens Krouford chempionlik uchun kurashda Tim Czyu bilan to'qnash kelsa, Timda imkon bormi? 

– Men bu erda Timda hech qanday imkon ko'rmayapman. 

– Krouford shunchalik kuchlimi? 

– Krouford juda katta tajribaga ega. U texnik va xotirjamlik bilan janglarini olib boradi. Menga bokschi sifatida Terens yoqadi. Bundan tashqari, Czyu Krouford uchun stilistik jihatdan qulay raqib sanaladi.


Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing