10 sen 14:32
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Magomed Kurbanov keyingi jangini noyabr oyida o'tkazishi mumkin
Rossiyalik prof bokschi, super yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq davogar Magomed Kurbanov kuzda ringga qaytishi ehtimoli bor.
			Bu haqda u hamkorlik qiluvchi RSS Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari German Titov malum qildi.
"Ekaterinburgda 30 noyabr kuni musobaqa o'tkazishni rejalashtirganmiz. Akademiyada o'tkazilishiga qaramay, bu juda katta turnir bo'lishi kerak. Katta ehtimol bilan asosiy jangda Magomed Kurbanovning qaytishi bo'ladi", dedi Titov.
Malumot o'rnida, 29 yoshli Kurbanovning hisobida 25 g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. U yagona mag'lubiyatini super yarim o'rta vaznda WBA kamari uchun kechgan jangda hamyurtimiz Isroil Madrimovdan qabul qilib olgan.
            Havola            :         
                    Manba                : МатчТВ
            
			
Fikrlar