10 fev 11:44
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025

Mahalliylashtirganlarimizdan biri garchi qatnashishi aytilgan bo'lsa-da, qishki Osiyo o'yinlarida ishtirok etmadi
Xarbin-2025 IX qishki Osiyo o'yinlari oldidan O'zbekiston MOQ short-trek va konkida yugurish sport turlari bo'yicha jami 3 nafar sportchini terma jamoaga jalb qilgandi.
Ulardan ikki nafari — Daniil Eybog (short-trek) va Danila Semerikov (konkida yugurish) qishki Osiyo o'yinlarida qatnashib, musobaqada medal qo'lga kirita olmadi.
Uchinchi sportchi Denis Ayrapetyan esa garchi musobaqa uchun ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa-da, Osiyo oq Olimpiadasida ishtirok etmadi. Bunga sportchimizning jarohat olgani sabab bo'lgan. Denis ayni paytda turnir rasmiy saytidagi ro'yxatdan ham o'chirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar