14 sen 16:42
Yangiliklar
Mahmud Muradov "Asian Fight"dan gonorar olmadi, lekin...o'z vadasida turdi!
"Mana bugun vadamga binoan Buxorodagi bolalar uyiga tashrif buyurdim. Avvalroq "Asian Fight-2017" turniridan olgan gonorarimni bolalar uyiga xayriya qilishga vada bergandim. Men doimo so'zimda turaman.
Nihoyat men shu erdaman va ushbu bolakaylarga yordam berish imkoniyatim borligidan xursandman. Ular haqiqatdan ham g'amxo'rligimizga va etiborimizga muhtojdir.
SHuni aytib o'tishni istardimki, "Asian Fight" uchun men bir tiyin ham olganim yo'q. Lekin, men vada qilgan narsamni bajardim. Bunday ishlarni yana uzoq yillar davomida qilmoqchiman.
Agar odamga yordam kerak bo'lsa ularga yordam berish kerak. Menga doimo shunday o'rgatishgan: "Agar savob ish qilsang, Xudo senga ikki barobar qilib qaytaradi. Men bilan ham shunday bo'ldi. Men muhtojlarga yordam berishga harakat qildim. Xudo meni yanada ko'proq mukofotladi.
Men qilgan ishimni aytib maqtanmoqchi emasman. Ahir oramizda ko'pchilik bunday ishlarni qila oladi. Menga ishoning, bu bolalarning ko'zidagi quvonchni ko'rsam, kuchimga kuch qo'shiladi. Ularga nisbatan befarq bo'lmang. Savob ish qiling", - deya xabar qoldirgan Mahmud Instagramdagi sahifasida.
Fikrlar
Кейинги жангларингга омад, албатта бундан хам юкори булган мусобакаларда, Осиё, Жахон чемпионатларида галабали юришингга тилакдошман