08 dek 08:08
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA, Boshqalar			    
				
				
			
				Mahmud Muradov Evropadagi so'nggi jangini o'tkazdi
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov CHexiya poytaxti Praga shahrida navbatdagi jangini o'tkazdi.
			Ushbu jang O2 arenasida o'tkazilib, Muradov XFN chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tarildi. Hamyurtimizning raqibi chexiyalik Tomas Penc bo'ldi. Mahmud Muradov bu jangni muddatidan avval yakunladi.
Hamyurtimiz parter holatida Pencga ketma-ket kuchli zarbalar
yomg'irini yog'dirdi. Bu holatda referi jangni to'xtatishdan o'zga chora topa olmadi.
SHu tariqa, Mahmud Muradov CHexiyadagi so'nggi jangida ajoyib g'alabaga erishdi. Endi
hamyurtimiz o'z faoliyatini AQSHda davom ettiradi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar