03 fev 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov Germaniyada jang qiladi, raqib va jang sanasi aniq + POSTER
O'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Mahmud Muradovning navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar aniq bo'ldi.
34 yoshli Muradov 8 mart kuni Germaniyaning SHtutgart shahrida joylashgan "Hanns-Martin-Schleyer-Halle" majmuasida tashkil etiladigan Oktagon 68 turnirida ishtirok etadi. O'sha kuni unga braziliyalik Joilton Lutterbach raqiblik qiladi. O'rta vazndagi jang 3 raundga mo'ljallangan.
Oqshomning markaziy bahsi og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan Oktagon chempionlik kamari uchun bolgariyalik Lazar Todev va Irlandiya vakili Uill Flyori o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, Buxoroda tug'ilgan Mahmud Muradov faoliyati davomida 35 ta jang o'tkazib, 27 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. 32 yoshli Lutterbach hisobida esa 39 g'alaba va 10 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar