09 sen 12:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov jang qilishi kerak bo'lgan dog'istonlik sportchi Nursulton Ro'ziboevning sobiq raqibi bilan to'qnash keladi + POSTER
Xabaringiz bor, 26 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida UFC 308 turniri o'tkaziladi.
Ushbu oqshomdan o'rin olgan yana bir qiziqarli jang elon qilindi.
Unga ko'ra, asli dog'istonlik, hozirda Germaniya sharafini himoya qilayotgan o'rta vaznli Abusupyan Magomedov raqamli turnirda oktagonga chiqadi. Unga o'sha kuni braziliyalik Bruno Ferreyra raqib bo'ladi.
Eslatib o'tish joiz, Magomedov 2022-2023 yillar davomida hamyurtimiz Mahmud Muradov bilan jang qilishi lozim edi, ammo yakunda har ikki jang bekor bo'lgandi.
Ferreyra esa yana bir yurtdoshimiz — Nursulton Ro'ziboev bilan jang qilib, birinchi raundda nokautga uchragan edi. Qizig'i, Bruno bilan bir kechada Nursultonning o'zi ham jang qiladi. Ro'ziboev 26 oktyabr kuni Rossiya vakili Rinat Faxretdinov bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar