06 avg 15:03
Yangiliklar

Mahmud Muradov: Men hech qachon CHexiya fuqarosi bo'lmaganman
O'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov CHexiya vizasi bilan bo'layotgan muammolar haqida gapirdi.
«Bir necha kundan beri mendan CHexiya fuqaroligi olib qo'yilgani va u erdan deport qilinganim haqimda yozishmoqda. Aslida men hech qachon CHexiya fuqarosi bo'lmaganman. Ular hech qanday sababsiz menga viza berishmadi. Hozirda meni yuristlarim bu masala bo'yicha ishlashmoqda. Xudo xohlasa, tez kunda bu muammolar hal bo'ladi va men CHexiyaga uchib ketib, navbatdagi jangimga tayyorgarlikni davom ettiraman. Biz birga 22 oktyabr kuni navbatdagi g'alabamizga erishamiz», - deb fikrini yakunlagan Mahmud Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar