05 fev 15:39
Yangiliklar
Kikboksing
Mahmud Muradov Navro'z kuni chempionlik kamari uchun jang qiladi (POSTER)
O'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi Mahmud Muradovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 21 mart kuni Polshaning Glivice shahrida tashkil etiladigan Fame 30: Icons turnirida qatnashadi. Muradovga musobaqa doirasida polshalik Denis Labriga raqib bo'ladi.
Ahamiyatlisi, ko'rgazmali kikboks qoidalari asosidagi jang og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan Fame chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov 25 yanvar kuni Fame 29 turnirida bir yo'la uch raqib - Marsin Sionis, Tomash Sarare va Izu Ugonoa (nokaut)ni mag'lubiyatga uchratib, Gran-Pri g'olibiga aylangandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar