21 jan 10:27
Yangiliklar

Mahmudhojiev “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi
Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov futbolning haqiqiy fidoyisi, shuningdek, “Navbahor”ga katta etibor qaratayotganligi bois, kecha kechki soat 23:00 da Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi yangi qurilayotgan kutubxona binosi bilan tanishish maqsadida kelgan paytida, o'tgan mavsumda transfer huquqi “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan va “Navbahor”da ijara asosida to'p surgan, O'zbekiston kubogining chorak final bahsida “Nasaf” darvozasiga belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lgan iqtidorli, kelajagi porloq hujumchi SHohruh Mahmudhojiev bilan ko'rishib, suhbatlashdi va yosh futbolchiga “Navbahor”ga o'tishni taklif qildi.
Mahmudhojiev bu yildan erkin agentga aylanganligi bois, ushbu taklifni qabul qildi hamda jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Endi 22 yoshli futbolchi yangi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qiladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati
Fikrlar