10 fev 07:36
Yangiliklar
Futbol
Mahrez “Lester” mashg'ulotlariga qaytdi
“Lester” rasmiy saytining xabariga ko'ra, jamoa yarim himoyachisi Riyod Mahrez kecha jamoaning mashg'ulotlariga qaytdi.
Eslatib o'tamiz, jazoirlik futbolchi yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida “Manchester Siti”ga o'ta olmagach, jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmay qo'ygandi.
“Riyad jamoamiz azosi va u klubning yangi muvaffaqiyatlariga o'z hissasini qo'shish niyatida”, deyiladi xabarda.
26 yoshli futbolchining APL 27-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi bahsda maydonga tushishi haqida hozircha hech qanday xabar berilmagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar