So’nggi yangiliklar

15:07Жастин Гэтжи ММАдаги фаолияти қачон якунланишини айтди 0 14:30UFC эгаси Оқ уйдаги турнир учун кард ҳозирнинг ўзида ишлаб чиқилаётганини маълум қилди 0 13:55Артур Бетербиев Дмитрий Бивол билан эҳтимолий учинчи жанг ҳақида маълумот берди 0 13:24Тонали "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди. Мадридликларнинг жавоби маълум 0 12:37Усик ўз промоутерлик компаниясини қайта ишга туширди 0 11:16Майк Тайсон: "Мен ўзимдан шу қадар нафратланардимки, ҳатто ўлгим келарди" 0 10:55UFC Fight Night 266. Тўрт жангчи вазн қила олмади, улар орасида Муин Гафуров ҳам бор 0 10:34Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади" 0 10:13Теннисчимиз Лайма Владсон Анталиядаги турнирда 1/2 финалга чиқди 0 09:52Камару Усман Шавкат Раҳмоновнинг UFC рейтингидан чиқариб ташланганига муносабат билдирди 0 09:31Жон Жонс касаллигига қарамай, Оқ уйда жанг қилишга тайёр 0 19:18"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда 0 18:51Сауль Альварес кейинги рақибини танлади, музокаралар кетяпти 0 18:24"Хабиб ва Исламни жуда яхши кўраман, лекин...". Кормье америкалик жангчиларнинг чемпионлик эҳтимоли ҳақида гапирди 0 17:56Жастин Гэтжи Илия Топурия билан эҳтимолий жанг муддати ҳақида гапирди 0

10 noy 15:22
Yangiliklar

Boshqalar

Maidzuru o'zbekistonlik olimpiyachilarni qabul qiladi

Teglar :  O'zbekistonYaponiya
Tokio-2020 o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha Yaponiya delegaciyasi bilan memorandum imzolandi

Joriy yilning 4-11 avgust kunlari O'zbekiston sport delegaciyasi Yaponiyaga safar uyushtirgani haqida xabar bergan edik. Tashrif davomida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport kurashlari associaciyasi bosh kotibi SHuhrat Mamadaliev va O'zbekiston dzyudo federaciyasi vice-prezidenti SHavkat Mo'minovlar Maidzuru shahar meri Ryozo Tatami bilan sport kurashlari va dzyudo bo'yicha terma jamoamiz azolarini XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorlash, qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish masalasida muzokaralar o'tkazishgan hamda yaponiyalik hamkorlarni yurtimizga taklif etishgan edi.
O'zbek xalqi bilan tarixiy aloqalarni saqlab qolish, kelajak avlod vakillariga do'stlik rishtalarini etkazishda bevosita ishtirok etishga qiziqish bildirgan Maidzuru shahri mamuriyati Yaponiya hukumatiga murojaat qilib, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida Host town (qabul qiluvchi shahar) rasmiy maqomi berilishini so'radi. Yapon hukumati ushbu arizani maqullab, 2016 yilning iyunida Maidzuru shahrini Host town sifatida ro'yxatdan o'tkazdi.

Host town dasturi doirasida Maidzuru shahri 2020 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilari puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun tashkiliy-texnik masalalarda barcha zarur sharoitlarni yaratish, ayniqsa, dzyudo va sport kurashlari bo'yicha turli o'rtoqlik turnirlari, qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishni rejalashtirmoqda. SHuningdek, bu hamkorlik talim, madaniyat, turizm va iqtisodiy sohalarga ham taalluqli bo'ladi.

SHu bilan birgalikda Host Town dasturi doirasida Maidzuru shahar meriyasi o'zbekistonlik sportchilarning o'quv-mashg'ulot yig'inlari va qo'shma turnirlarini Yaponiyada o'tkazishi uchun sarflanadigan mablag'larning malum qismini qoplashni ham taklif etmoqda.

SHuningdek, safar davomida delegaciyamiz azolari Maidzurudagi mavjud sport infratuzilmasi, sport majmualarining foaliyati bilan yaqindan tanishishgandi. Muzokaralar yakunlariga ko'ra Maidzuru shahar delegaciyasi noyabr oyida O'zbekistonga tashrif buyurishi xaqida kelishuvga erishilgandi.
O'zbekistonlik sportchilarning Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishini taminlash maqsadida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Sport kurashlari associaciyasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida Maidzuru shahri meri Ryozo Tatami boshchiligidagi delegaciya 7 noyabr oqshomida Toshkentga keldi.

Ertasiga mehmonlar O'zbekistonda yaponiyaliklar bilan bog'liq tarixiy joylarga tashrif buyurishdi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti liceyida yapon tilini o'rganayotgan o'quvchilar bilan muloqotda bo'lishdi, poytaxtimizdagi dzyudo markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Mehmonlarning poytaxtimizga tashrifi doirasida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi va Maidzuru shahar meriyasi o'rtasida Tokio-2020 olimpiadasida ishtirok etadigan sport kurashlari va dzyudo bo'yicha terma jamoamiz azolarining musobaqa oldidan o'quv-mashg'ulot yiginlarini Yaponiyada tashkil etish masalasi muhakama qilindi hamda ikki tomon o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv yakunida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Alisher Sultanov va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov Ryozo Tatamiga esdalik sovg'alarini topshirishdi. O'z navbatida, Maidzuru shahri meri iliq qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, o'zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.
SHuni alohida takidlash lozimki, Olimpiya o'yinlari oldidan o'quv-mashg'ulot yig'inlarining musobaqaga mezbonlik qiluvchi mamlakat hududida o'tkazilishi sportchilarimiz uchun mahalliy iqlim va sharoitga moslashish, qolaversa, sportdagi eng muhim jihatlardan biri sanalgan akllimatizaciya va adaptaciya jarayonini ortiqcha qiyinchiliksiz engib o'tishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Boz ustiga sportning ushbu turi vatani hisoblangan mamlakatda mashg'ulotlar o'tkazish, dunyoning eng ko'zga ko'ringan polvonlariga qarshi tatamiga chiqib, sparring janglarda ishtirok etish hamyurtlarimiz mahoratining yanada toblanishiga zamin yaratadi.
Maidzuru shahri delegaciyasi ko'hna va hamisha navqiron Samarqandda, Toshkent viloyatida ham bo'ldi.

Malumot uchun: 2016 yilning avgust oyidan boshlab Maidzuru shahrida Yaponiyaning siyosiy-jamoat, akademik, madaniy-gumanitar qatlamlari va Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik taraqqiyotiga oid turli taqdimotlar, mamlakatimizning madaniy, tarixiy, turizm salohiyatiga doir ko'plab marosimlar faol o'tkazib kelinmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing