13 iyu 20:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Dastin va uning xotiniga: "Uxlab yotganlaringda senlarni o'ldiraman"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor UFC 264'da oyog'ini sindirib olgandan so'ng, oktagonda o'tirib Dastin va uning turmush o'rtog'i tomon nimalar degani malum bo'ldi.
"Uxlab yotganingda, sen va xotiningni o'ldiraman, Dastin. Bu hali yakun emas! Ehtiyot bo'l, yigitcha", - deb baqiradi Konor Makgregor.
Jangdan so'ng, Dastin bo'lgan barcha ishga "qaytar dunyo" deb izoh berdi. Uning fikricha, sodir bo'lgan barcha narsaga Konorning shu vaqt davomida gapirib kelgan barcha nomaqbul so'zlari sabab bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor oyog'ini operaciya qilishga ham ulgurdi. Uning ahvoli hozirda yaxshi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar