18 fev 07:35
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor qo'lqopsiz janglarda qatnashishni rejalashtirmoqda
UFC'ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni, irlandiyalik Konor MakGregor kelajakda Bare Knuckle FC ligasidagi qo'lqopsiz janglarda qatnashmoqchi.
"Konor MakGregor Bare Knuckle ligasida jang qiladi. Bu so'zlarimni eslab qoling", – dedi MakGregor Italiyadagi matbuot anjumanida.
36 yoshli irlandiyalik so'nggi marta 2021 yil iyulida UFC 264 turnirida amerikalik Dastin Porega qarshi jang qilgan va oyog'idan jarohat olib, texnik nokautga uchragan. Uning MMAdagi rekordi 22 g'alaba va 6 mag'lubiyatdan iborat.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar