13 iyu 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA, Qiziqarli!
Makgregor va Xolloueyning 68 soniyalik "teatr" uchun gonorarlari malum
UFC`ning yarim engil vazn toifasidagi sobiq chempioni amerikalik Maks Xollouey va tashkilotning ikki vazndagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor UFC 329 turnirining asosiy jangida o'zaro to'qnash kelgandi.
Insayder va jurnalist Ariel Xelvanining X ijtimoiy tarmog'idagi malumotlariga ko'ra, Makgregor kafolatlangan gonorar sifatida 15,04 million dollar olgan. The Sportster malumotlariga ko'ra, Xolloueyning gonorari 5,08 million dollarni tashkil qilgan.
Eslatib o'tamiz, bu ikki aralash yakkakurash ustasining o'zaro ilk jangi 2013 yilda bo'lib o'tgan va unda Konor hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi. Kechagi to'qnashuv Makgregor uchun bu besh yillik tanaffusdan keyingi birinchi jang bo'ldi - u oxirgi marta oktagonga 2021 yil iyul oyida chiqqan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar