20 okt 07:59
Yangiliklar
Formula-1
“Maklaren” Alonso bilan shartnomani uzaytiradi
“Formula-1” musobaqalari ishtirokchisi Fernando Alonso “Maklaren” jamoasi bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
Yangi kelishuv bir yilga mo'ljallangan. “Maklaren” rahbariyati pilot bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi. Ispaniyalik poygachi yangi shartnomaga ko'ra yiliga 30 million evro maosh oladi.
“SHartnomani uzaytirganimdan xursandman. “Maklaren”
bilan o'tkazgan uch yil faoliyatimdagi eng unutilmas damlar bo'ldi. “Maklaren” hali
“Formula-1” musobaqalarida o'z so'zini aytadi”, – dedi 36 yoshli Alonso.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar