15 dek 12:40
Yangiliklar
Formula-1
“Maklaren” rahbariyati Alonso uchun yangi shartnoma tayyorlayapti
“Formula-1” musobaqalari ishtirokchisi “Maklaren” jamoasi ispaniyalik pilot Fernando Alonsoga yangi shartnoma tayyorlayapti.
“Maklaren” ijrochi direktori Zak Braunning aytishicha, yaqin kunlarda Alonso bilan yangi shartnoma imzolanadi.
“Tez kunlarda muzokaralar boshlanadi. Fernando bilan uzoq muddat hamkorlik qilish tarafdorimiz. Alonso biz uchun dunyoning eng yaxshi piloti”, - dedi Braun.
Amaldagi jahon chempioni Niko Rosberg faoliyatini yakunlagach, “Mersedes” jamoasi uning o'rniga aynan Alonsoni taklif qilish istagida yuribdi. SHu bois ham, “Maklaren” jamoasi otni ilgariroq qamchilab qolmoqchi.
Havola :
Fikrlar