24 noy 18:20
Yangiliklar
Maks Ferstappen - Formula-1 2024 yilgi mavsum chempioni!
Unda "Mercedes"ning britaniyalik poygachisi Jorj Rassell g'olib chiqdi. Ikkinchi o'rinni uning jamoadoshi Lyuis Xemilton band etgan bo'lsa, "Ferrari" piloti Karlos Saynch uchinchi pog'onani egalladi.
"Red Bull" azosi Maks Ferstappen beshinchi bo'ldi. U chempionlik uchun matematik imkoniyatga ega bo'lgan "McLaren" poygachisi Lando Norrisdan bir pog'ona oldinda keldi. Bu holat tufayli Ferstappen joriy mavsum chempionligini qo'lga kiritdi. Uning hisobida 403 ochko bor, Norris esa 340 ochko to'plagan.
Qatar va Abu-Dabida bo'lib o'tadigan Gran-prilar bilan 2024 yilgi mavsum tugaydi.
Las-Vegas. Jahon chempionati
22-bosqich. Las-Vegas Gran-prisi
Top-10 talik:
1. Jorj Rassell ("Mercedes")
2. Lyuis Xemilton ("Mercedes")
3. Karlos Sayns ("Ferrari")
4. SHarl Lekler ("Ferrari")
5. Maks Ferstappen ("Red Bull")
6. Lando Norris ("McLaren")
7. Oskar Piastri ("McLaren")
8. Niko Xyulkenberg ("Haas")
9. Yuki Cunoda ("AlphaTauri")
10. Serxio Peres ("Red Bull").
Fikrlar