02 mar 16:20
Yangiliklar
Maks Ferstappen "Red Bull" bilan shartnomasini uzaytirdi
Nashrning malum qilishicha, shartnoma bir necha mavsumga mo'ljallangan. Kelishuvning aniq shartlari hozircha elon qilinmagan. Manbaga ko'ra, yangi shartnoma Ferstappenni Niderlandiyadagi eng ko'p maosh oluvchi sportchiga aylantiradi. Yangi shartnomaga ko'ra, Maks 40 milliondan 50 million evrogacha maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, Ferstappen "Formula-1"ning amaldagi chempioni hisoblanadi. "Red Bull" esa o'tgan mavsum yakunida konstruktorlar chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan edi. Yangi mavsumda jamoa haydovchilari tarkibi o'zgarmaydi. Avstriya jamoasida Ferstappendan tashqari Meksika vakili Serxio Peres ham poygalarda ishtirok etadi.
Malumot uchun, Maks 2016 yilda "Red Bull" haydovchisiga aylangan.
Fikrlar